«maktab formasi» tegli maqolalar


Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi
28 fevral 2024, 14:42

Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi

Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.

Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot
23 fevral 2024, 01:59

Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot

Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi
15 dekabr 2023, 09:48

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi

Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.

Toshkent shahar hokimligi minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma berdi
31 oktabr 2022, 15:35

Toshkent shahar hokimligi minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma berdi

O‘qituvchilarni bir xil kiyintirish tashabbusi hokimlikning o‘zidan chiqqan, biroq bu forma majburiy emas, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova. Bepul tarqatiladigan forma uchun 1,5 mlrd so‘m mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan.

Toshkentdagi 142-maktab o‘quvchilariga «bepul, lekin xunuk» soch kaltalash taklif qilindi
12 sentabr 2022, 11:49

Toshkentdagi 142-maktab o‘quvchilariga «bepul, lekin xunuk» soch kaltalash taklif qilindi

Toshkentdagi 142-maktabda IIB xodimlari o‘quvchilarga soch turmagi uchun tanbeh berdi. Qonunchilikka ko‘ra, soch uzunligi 2−3 sm bo‘lishi lozim. Poytaxt IIBB o‘quvchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, qolaversa, bolalardan birining yonidan qaychi topilganini qayd etdi.

Prokuratura maktab formasini sotib olish shartligi to‘g‘risidagi xabarni o‘rganmoqda
2 avgust 2022, 22:48

Prokuratura maktab formasini sotib olish shartligi to‘g‘risidagi xabarni o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida prokuratura maktab formasini majburiy sotib olish uchun tilxat yozdirib olayotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt prokuraturasi ushbu ma’lumotni tekshirmoqda.

1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy qilinadi
20 may 2022, 16:45 7

1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy qilinadi

Hukumat 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini to‘liq joriy etishga qaror qildi. Dastlab, buni 2019 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi, ammo jamoatchilik noroziligi tufayli muddat 2024 yilga qoldirilgandi. Kam ta’minlangan oilalarga formani xarid qilishga ko‘maklashiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting